most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Uzfutbol.NET- Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
YANGILIK TASMASI
28 NOYABR 2019, 09:17

.

EChL guruh bosqichi navbatdagi tur doirasida “Real” “PSJ”ni qabul qildi.

Ochig'i, “Real”dan bunday o'yin kutmagandim. Ayniqsa, “PSJ” boshlang'ich tarkibida Mbappeni ko'rib, shuningdek, Neymarning ham maydonga tushishi mumkinligini bilib, ochig'i, “Real” qiynalsa kerak, deb o'ylagandim. Chunki oldinroq Kilianning “Real”ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo o'yindan oldin “Men “PSJ”ga qarshi o'yinda eng yaxshi “Real”ni ko'rmoqchiman”, degan Zidan niyatiga etdi.

KURTUA OMILI

Ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarni o'qirkanman, Kurtuani yana tanqid qilishganiga guvoh bo'ldim. Ammo kecha belgiyalik futbolchi juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Kiritilgan ikkita golda Tiboni ayblab bo'lmaydi. Birinchi gol Varanning xatosi bilan kiritildi, ikkinchisi ham himoyachilarning xatosi bilan yuzaga keldi. Parij klubi futbolchisi shunchalik mukammal zarba berdiki, Kurtuaning bu zarbani qaytarishi mushkul edi.

Kurtua o'ziga bildirilgan ishonchni oqlashni boshlayapti. Kechagi o'yinda ham belgiyalik charm to'p ustasi ajoyib harakat qildi va bir-ikkita vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi.

VAL'VERDE VA AZAR

“Real”ning kechagi katta ustunligida ikkita futbolchini alohida qayd etish lozim: bu Valverde va Azar. Ayniqsa, Eden Azarning kechagi xatti-harakatlarini tomosha qilib, “Chelsi”dagi Azarni ko'rgandek bo'ldim. Raqib futbolchilarini ko'rdim demasdan aldab, jamoadoshlarini to'p bilan ta'minlagan belgiyalik futbolchi o'z formasini tiklayotganini isbotladi.

Federiko Valverdega to'xtaladigan bo'lsak, oldinlari shu futbolchidan asosiy tarkibda maydonga tushayotganidan norozi bo'lardim. Ammo kechagi o'yinda Valverde Zidanning ishonchini oqlashga jiddiy kirishganini isbotladi. Tan olish kerak, aynan Federiko ketganidan keyin markazda kamchiliklar ko'zga tashlana boshladi hatto uning o'rniga tajribali Modrich tushganidan keyin ham. Zidanning Valverdeni tarbiyalayotgani Peresga ham yoqayotgani shubhasiz, axir yosh futbolchini tarbiyalab, ajoyib yarim himoyachiga aylantirgan qayoqdayu falon pulga futbolchi sotib olgan qayoqda. Masalan, agar Valverde shu tarzda davom etsa, “Real” Pogbani sotib olishga ehtiyoj sezmaydi.

Yana bir jihat. Zidan Valverdeni o'ng qanot yarim himoyasida o'ynatdi. Vaholanki, Federiko markaziy yarim himoyachi. Shunday bo'lsa-da, kecha yosh futbolchi qanotda ham yaxshi o'ynab, universal futbolchi vazifasini bajara olishini isbotladi.

Kecha “Real” tarkibida ijobiy taassurot qoldirgan futbolchilardan yana biri Isko bo'ldi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan ispaniyalik futbolchi o'yinga chanqoq ekanligini ko'rsatdi. Tinimsiz yugurdi, pressing qildi, raqiblarini tinch qo'ymadi va sharhlovchi Davron Fayziev ta'biri bilan aytganda raqiblarni kamida bir marta aldab o'tmaguncha tinchimadi. Shunday xulosaga keldik: “Isko “Real”ga kerak”.

Kecha “qirollik klubi” muxlislarini durang u qadar ranjitgani yo'q. Chunki Zidan shogirdlari muxlislarga haqiqiy spektakl ko'rsatib berishdi.

Umid qilamizki, “El-klasiko”da ham “Real” “Barselona”ga kutilmagan syurpriz tayyorlaydi.

Nizomjon ISLOMOV

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 527

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 4

Фойдаланувчи қоидалари
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.