logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
10 FEVRAL, 13:23 / O'QILDI: 823

Yangilik rasmi


Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu uning yoshida jismoniy holatni bir maromda saqlab turish mushkul vazifa ekanligini aytdi.

“Professional faoliyatimda mana shu ikki yil fantastik tarzda o‘tdi. Jamoam bilan ko‘plab sovrinlarga ega bo‘ldim. Ishonchim komil, yana bir necha yil yuqori saviyada futbol o‘ynay olaman. Buni o‘zimdan talab qilaman.

Menimcha har bir inson orzularini amalga oshirishi uchun harakat qilishi lozim. Men ham shular qatorida o‘z orzuyimni amalga oshirmoqchiman. Kuchli bo‘lishni xohlayman. Xayot sinovlardan iborat uni yengib o‘tish ham bir maxorat.

Sportchi uchun bu jarayon bilan kurashish yanada qiziqarliroq bo‘ladi. Jismoniy holatimga 100 foiz qaytishga umid qilaman. 10 yil oldingi o‘yinimni ko‘rsata olmasligimni bilaman. Bunga qaytish mushkul vazifa. Ha, albatta 20 yoshimda ko‘rsatgan o‘yinimni hozir ko‘rsata olmayman. Lekin bu faktorga yengilmayman ham”, - deydi Ronaldu.
BILDIRILGAN FIKRLAR

© 2017-2020 Uzmadrid.net, All rights reserved.