logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
20 MAY 2020, 18:06 / O'QILDI: 307

.

«Real» klubi «Bayer» yarimhimoyachisi Kay Havers xizmatiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Le10Sport xabariga ko‘ra, madridliklar ustozi Zinedin Zidan 20 yoshli nemisni klubning transfer maqsadlariga kiritgan.

Ayni paytda Havers bilan Yevropaning ko‘plab top-klublari shartnoma imzolashni istamoqda. Ular orasida «Barselona» va «Inter» ham bor.

Avvalroq, Kay jurnalistlar tomonidan tuzilgan dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari ro‘yxatida beshinchi o‘ringa qo‘yilgan edi. Bundan tashqari, ProFootballDB portali uni keyingi 10 yillikning istiqbolli futbolchilari ramziy jamoasiga kiritdi.

Bundesliganing bu mavsumida Havers 23ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 8

Фойдаланувчи қоидалари

© UZMADRID.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.