logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
21 MAY, 13:50 / O'QILDI: 186

Yangilik rasmi

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining qayta davom ettirilishi mumkinligi haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Bu haftani yaxshi o‘tdi, deyish mumkin. Sababi mashg‘ulotlarda kichik guruhlarga bo‘linib shug‘ullana oldik. Jamoa bu hafta nisbatan yaxshiroq ko‘rindi, keyingi haftagacha yanada kattaroq o‘sishga erishamiz.

11ta o‘yinimiz qoldi, shunday ekan biz chempionatni yuqori notada yakunlash uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Sovringa ega chiqish uchun bor kuchni sarflaymiz. Sovrinlarga ega chiqish xohishi «Real»ning DNKsida bor. Ammo men uchun eng muhimi 60 kunlik tanaffusdan keyin nihoyat jamoam bilan birga ishlash imkoniyati paydo bo‘lganidir» - deya «Real» bosh murabbiyi Zidanning so‘zlarini keltirmoqda Marca.


Ma’lumot uchun, «Real» La Ligada hozircha «Barselona»dan keyingi 2-o‘rinda bormoqda.
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 6

© 2017-2020 Uzmadrid.net, All rights reserved.