logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
21 MAY, 23:28 / O'QILDI: 175

Yangilik rasmi

Ispaniyalik sobiq arbitr Iturralde Gonsales hakamlarning «Real» va «Barselona»ga yon bosishlari haqidagi savolga javob berdi.

- Siz hakamlarning professional ekanligini, ularga ishonishingiz haqida gapirishingizni bilaman. Ammo tajribangizga asoslanib ayting-chi, «Real» va «Barselon»ni qo‘llab-quvvatlaydigan hakamlarning nisbati qanday? 80%ga 20 foizmi?

- 90%ga 10%. Bu «Barselona»ga yoqadimi yoki yo‘q - Kataloniyadan tashqari, 70% aholi Madrid tarafdori. Ammo hozirda «Barsa» fanatlari ham ko‘paydi. Gvardiolaning erishgan yutuqlari ko‘proq yoshlarni «Barselona» muxlisiga aylantirdi.

– Messi davrigacha aholining necha foizi «Real»ga muxlislik qilgan? 70%?
- Buni bilmadim. Men «Atletik» muxlisiman. Bu haqda hamma biladi», - deydi Gonsales Cadena SER’ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Iturralde Gonsales faoliyati davomida uch marta – 1999, 2005, 2010 yillar «El Klasiko»da bosh hakamlik qilgan.
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2

© 2017-2020 Uzmadrid.net, All rights reserved.