logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
22 MAY, 14:23 / O'QILDI: 85

Yangilik rasmi

«Real» hujumchisi Luka Yovich faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikola Skira xabariga ko‘ra, «rossoneri» serbiyalik futbolchini to‘liq sotib olish huquqi bilan 2 yilga ijaraga olmoqchi. Hozirgi vaqtda muzokaralar davom etyapti. Biroq, futbolchining 5 mln yevrolik maoshi bitimga to‘sqinlik qilishi mumkin. «Milan» bunchalik katta miqdordagi ish haqini to‘lashga tayyor emas.

Avvalroq serbiyalik futbolchining jarohat olgani va uch oyga safdan chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yovich 2019 yil yozida «Ayntraxt»dan 60 mln yevro evaziga «Real»ga o‘tgan. Bu mavsumda 23 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 24ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 4

© 2017-2020 Uzmadrid.net, All rights reserved.