logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
22 MAY 2020, 20:28 / O'QILDI: 161

.

Braziliya milliy jamoasining mashhur sobiq futbolchisi Rivaldo «Real» Garet Beylning Madrid klubini tark etishi mumkinligini izohladi.

«Beylning MLS klublariga taklif etilgani, u ham o‘zini Amerika futbolida sinashga qarshi emasligi haqida eshitdim. Fikrimcha, u hali 30 yoshda ekanligi bois AQSHga yo‘l olishga juda barvaqt. To‘g‘ri, uning «Real»dagi faoliyati tugab bormoqda va u tobora maydonda kamroq vaqtga ega bo‘ladi. Klub Garetning so‘nggi yillardagi muammolari sababli unga muhim futbolchi sifatida qaramayotgandek.

O‘ylashimcha, Beyl uchun eng yaxshi variant Angliya Premer-ligasiga qaytish bo‘ladi. Xususan, «Nyukasl» klubi yangi egalari evaziga katta mablag‘ga ega bo‘lishini inobatga olsak, Beyl aynan ushbu klubga o‘tib yulduz darajasini saqlab qolishi va yangi darajaga chiqmoqchi bo‘lgan «Nyukasl»ga katta yordam berishi mumkin. Shunday ekan, Garetga taklif tushgan zahoti «Nyukasl»ga o‘tishi kerak», - deya Rivaldoning so‘zlarini keltirmoqda Goal.com.

Ma’lumot uchun, oldinroq Garet Beyl «Real»dagi maoshlari miqdoridagi mablag‘ taklif etilmasa, shartnomasining yakuniga qadar Madrid klubida qolmoqchi ekanligini bildirgandi.
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 5

Фойдаланувчи қоидалари

© UZMADRID.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.