logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
23 MAY, 06:05 / O'QILDI: 177

Yangilik rasmi

«Everton» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Yuventus»dagi faoliyati davomida Zidan uning qarashlarini qay tariqa o'zgartirganini aytdi.

«Zidan kelganidan keyin men taktik sxemalar haqidagi qarashlarimni o'zgartirdim. Zidan — o'yin sistemasini o'zgartirish imkonini bergan ilk futbolchi.

«Yuventus»dagi birinchi mavsumda men 3-4-1-2 sxemasida o'ynardim. Del Pero va Indzagi oldinda, Zidan esa ularning ortida. Ikkinchi mavsumda esa men 4 himoyachi bilan o'ynab, oldinda ikki hujumchisi va bir "o'ninchi raqamli" Zidanni saqlab qoldim.

Zidan mening futbolga bo'lgan qarashlarimni o'zgartirdi. «Yuventus»ga kelgunimga qadar men e'tiborni 4-4-2 sxemasiga qaratgan edim. Ammo keyinchalik Zidan uchun munosib joy topish uchun sxemani o'zgartirdim. U o'zini maydonda erkin his qilishini istadim.

«Yuve»dagi faoliyatim yaxshi tajriba bo'ldi. Klub qanday qilib murabbiyga ishlash kerakligini yaxshi bilardi, «Yuventus» meni qo'llab-quvvatladi. Meni ikkinchi mavsumning oxirida iste'foga chiqarishgani esa muhim emas», — dedi Anchelotti "Sky Sports"ga bergan intervyusida.

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 3

© 2017-2020 Uzmadrid.net, All rights reserved.