most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
31 IYUL 2020, 16:00 / O'QILDI: 419

Gracenote agentligi tomonidan tuzilgan Evropaning eng yaxshi klublari reytingi (Euro Club Index) e'lon qilindi.

Unga ko'ra, Myunxenning «Bavariya» jamoasi ro'yxatda etakchilik qilmoqda. Undan keyingi o'rinlarda «Liverpul» va «Barselona» bormoqda.

Kuchli yigirmatalikdan Angliyaning oltita klubi o'rin oldi. Ispaniya, Germaniya va Italiyadan esa to'rttadan jamoa top-20 ga kirgan. Shuningdek, Frantsiya va Ukrainadan bittadan jamoa ham Evropaning eng yaxshi 20 jamoasi qatorida turibdi.

Mazkur reyting jamoalarning so'nggi to'rt mavsumdagi milliy chempionat, kubok bahslari va Evrokuboklardagi natijalariga asoslanib tuziladi. Shu bilan birga so'nggi mavsumdagi natijalar eng katta ahamiyatga ega bo'ladi.

Euro Club Index reytingi bo'yicha top-10 jamoa bilan tanishing:

.

1. «Bavariya» — 4233
2. «Liverpul» — 4145
3. «Barselona» — 4119
4. «Manchester Siti» — 4078
5. «Real Madrid» — 3895
6. PSJ — 3890
7. «Atletiko Madrid» — 3752
8. «Yuventus» — 3672
9. «Chelsi» — 3538
10.«Manchester Yunayted» — 3536

Manba: std.uz

.

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 11

Фойдаланувчи қоидалари
Реклама

© UZMADRID.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.