most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
31 IYUL 2020, 21:49

.

Uzmadrid.net futbol olamida eng ko'p gol kiritgan Pele va uning rekodini yangilamoqchi bo'layotgan "Real" afsonasi Krishtianu Ronaldu haqida so'zlaydi. Ushbu maqola futbolshunos olim Tankredi Palmerining ma'lumotlariga asosan tayyorlandi.

Dam olish kunlari bo'lib o'tgan uchrashuvlarda Ronaldu “Sampdoria” darvozasini ishg'ol qildi va o'z faoliyatidagi 735-golini kiritdi. U shu tariqa afsonaviy Romariodan (734) o'zib ketishga muvaffaq bo'ldi.

.

Shunga qaramay, oldinda ulkan bir to'siq – Pele bor. Afsonaviy futbol qiroli 767 bor raqib darvozalarini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan.

Ushbu rekordning yangilanishiga Jorje Mendesh sira shubha qilmayapti.

“Men Ronalduning Peleni quvib o'tishiga va futbol tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanishiga shubha qilmayapman. U bu ishni “Yuventus” jamoasidayoq amalga oshiradi.”

To'g'ri, bu so'zlar Krishning Turinga ko'chib o'tgan yili yangragan edi, biroq sekin-asta Mendeshning taxmini o'zini oqlamoqda. Endilikda, Ronaldu Peleni quvib o'tishi uchun 33 ta gol zarur. Bu kelasi mavsumda Ronaldu uchun fantastik motivatsiya berishi turgan gap. Bundan tashqari, hali EChL uchrashuvlari oldinda bizni kutmoqda. Boz ustiga, kelasi mavsumda Ronaldu Evropa chempionatida ham ishtirok etadi.

To'g'ri, yillar o'z so'zini aytadi, biroq Krish o'z ritmida davom etsa hammasiga o'z o'rniga tushadi. Qahrmonimiz kelasi mavsumni jarohatsiz o'tkazsa, Pele futbol taxtidan tushishga majbur bo'ladi. Ayni damda, Ronalduning rejasini barbod qilish faqat Messining qo'lidan keladi.

.

Argentinalik futbolchi hisobida 716 ta gol mavjud. U bugungu kunda eng ko'p gol kiritganlar orasida 5-o'rinda bormoqda. Undan oldinroqda 720 ta gol bilan Gerd Myuller bor. To'g'ri, yaqin orada Messi Ronalduni quvib o'ta olmaydi. Shunga qaramay, Leo Krishdan ikki yosh kichik. Bu zaxirada minimum ikki mavsum bor degani. Ronaldu ushbu rekord unda uzoq muddat qolishini istasa, albatta butsalarini mixga ilguniga qadar tempni tushirmasligi lozim.

P.S: Shu o'rinda, ushbu ro'yxatning turli variantlari mavjud ekanligini aytib o'tish joiz. Ayrim nashrlarda futbolchilarning yoshlar jamoasida urgan gollari ham inobatga olingan bo'lsa, ba'zilar penaltilar seriyasida urilgan golni qo'shib hisoblagan. Shu sabbali, eng ishonchli manba sifatida tan olingan Tankredi Palmerining o'lchovi tanlab olindi.

Manba: std.uz

.

Qo‘shdi: admin O‘qildi: 427

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 11

Фойдаланувчи қоидалари
© REALFANS.UZ — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.