most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
14 SENTABR 2020, 18:53

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines «Real»ga o‘tishi mumkin. Sport Mediaset xabariga ko‘ra, klublar ushbu transfer masalasida kelishib olishgan.

Ma’lum qilinishicha, italyanlar «Barselona» bilan muzokaralar tufayli Madrid klubi bilan muzokaralar o‘tkazilayotganini sir tutishgan. Ushbu argentinalik futbolchini transferlar oynasidagi asosiy nishoni sifatida belgilagan ko‘k-anorranglilar «Inter» bilan transfer summasi masalasida kelisha olmagan.

Madrid klubi esa ushbu 23 yoshli hujumchi uchun so‘ralayotgan 90 million yevroni berishga tayyor. Ma’lum qilinishicha, Martinesning «Real»dagi maoshi miqdori yiliga 8 million yevroga teng bo‘ladi. Bu uning «Inter»dagi yillik maoshidan 3 million yevroga ko‘p, shu bilan birga «Barselona» taklif qilgan miqdordan 2 million yevroga kam.

Yakunlangan mavsumda ushbu futbolchi «Inter» safida barcha turnirlar doirasida 49 o‘yinda maydonga tushib, 21 gol urgan va 7 golga uzatma bergan.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: admin O‘qildi: 261

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 8

Фойдаланувчи қоидалари
© REALFANS.UZ — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.