most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
15 OKTYABR 2020, 18:44

"Tuttosport" nashri Yevropaning 2020 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini uchun 20 nafar yakuniy da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, «Golden Boy» sovriniga da’vogar futbolchi 21 yoshdan katta bo‘lishi kerak emas va u Yevropa chempionatlarining yuqori divizionlaridan birida o‘ynashi kerak. G‘olib nomi sport nashrlari jurnalistlari o‘rtasidagi o‘tkaziladigan so‘rovnoma orqali aniqlanadi.
Nomzodlar ro‘yxati quyidagicha:
Mitchel Bakker ("Pari Sen-Jermen", Niderlandiya)
Eduardo Kamavinga ("Renn", Fransiya)
Jonatan Devid ("Lill", Kanada)
Alfonso Devis ("Bavariya", Kanada)
Serjinyo Dest (" Barselona", AQSH)
Fabiu Silva ("Vulverxempton", Portugaliya)
Ansu Fati (" Barselona", Ispaniya)
Filip Foden ("Manchester Siti", Angliya)
Rayan Gravenberx ("Ayaks", Niderlandiya)
Meyson Grinvud (" Manchester Yunayted", Angliya)
Erling Xoland ("Borussiya" Dortmund, Norvegiya)
Kallum Xadson-Odoi (" Chelsi", Angliya)
Deyan Kulushevski ("Yuventus", Shvesiya)
Rodrigo (" Real", Braziliya)
Bukayo Saka (" Arsenal", Angliya)
Jeydon Sancho ("Borussiya" Dortmund, Angliya)
Dominik Soboslai ("Red Bull Zalsburg", Vengriya)
Sandro Tonali ("Milan", Italiya)
Ferran Torres ("Manchester Siti", Ispaniya)
Vinisius Junior (" Real", Braziliya).
Ushbu sovrinning o‘tgan yilgi g‘olibi " Atletiko" klubi va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Joau Felish hisoblanadi.

Manba:std.uz

.

Qo‘shdi: •♥•K@MRoN•♥• O‘qildi: 160

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 8

Фойдаланувчи қоидалари
© REALFANS.UZ — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.