11 YANVAR 2021, 10:12 Ispaniyada kuchli qor yog‘ayotgani tufayli «Real» yaqin orada Madridga qaytolmaydi.
AS'ning yozishicha, «qirollik klubi»ga hozircha poytaxtga samolyotda qaytish mumkin emasligi haqida xabar berishgan. Jamoa La Liganing 18-turidan o‘rin olgan «Osasuna» (0:0) bilan o‘yindan keyin hamon Pamplonada qolmoqda.

Bunday vaziyatda «Real» «Malaga»ga borishga qaror qildi. U yerda madridliklar 14 yanvarda «Atletik» bilan Ispaniya Superkubogida bahs yuritishadi. Klub bugun, 11 yanvar kuni uchishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi sharoitida o‘yinchilarning harakatlarini tartibga solib turuvchi xavfsizlik protokollari tufayli futbolchilar mehmonxonadan chiqmaslikka majbur bo‘lishmoqda.
Manba: tribuna.uz

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 166
Фойдаланувчи қоидалари
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017. Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт.
Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.