13 YANVAR 2021, 19:07 Rasman: “Real” hujumchisi Luka Yovich mavsum oxirigacha “Ayntraxt” klubiga ijaraga berildi.
«Ayntraxt» sport direktori Fredi Bobich jamoa «Real» hujumchisi Luka Yovichni ijaraga olayotgani tasdiqladi. Bundesliga klubi serbiyalik futbolchi bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzolaydi.
«Yovichni yozga qadar ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishishga yaqin turibsiz. U tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tishi kerak. Hammasi joyida bo'lsa, u safimizga qaytadi», — dedi Bobich.
2019 yilning yozida «Real» Yovich uchun «Ayntraxt»ga 63 mln evro to'lagan edi. Shundan beri forvard 32ta bahsda maydonga tushib, bor-yo'g'i 2ta gol urdi. Hozirda Transfermarkt Lukani 20 mln evroga baholagan.

Qo‘shdi: ♥♡♥ ☆SARDOR☆ ♥♡♥ O‘qildi: 201
Фойдаланувчи қоидалари
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017. Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт.
Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.