13 YANVAR 2021, 19:15 Madridliklar «Renn» a'zosi Eduardo Kamavingani hali beri sotib olmoqchi emas.
Bu jahon futboliga ta'sir o'tkazayotgan umumiy sabablarga bog'liq. «Qirollik klubi» pandemiya sharoitida yo'qotilgan katta daromadni yaqin orada to'ldira olmaydi.
Shu sababli Kamavinga xaridi borasida rahbariyat biroz ortga chekinib turishga majbur. Boshqa bir sabab shundaki, 18 yoshli frantsuz «Real» safiga borib qo'shilishi uchun jamoa EChL pley-offidan muvaffaqiyatli o'tishiga to'g'ri keladi. Eduardo xalqaro maydonlarda o'ynashni niyat qilgan. Ehtimoliy transfer bahorda amalga oshishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Kamavinga joriy mavsum «Renn» safida 17 uchrashuvda maydonga tushdi.

Qo‘shdi: ♥♡♥ ☆SARDOR☆ ♥♡♥ O‘qildi: 125
Фойдаланувчи қоидалари
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017. Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт.
Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.