most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
UzFutbol.Net - Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
YANGILIK TASMASI
20 FEVRAL 2021, 19:48

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoaning La Liga va Chempionlar Ligasidagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

«Chempionatda hali 45 ochkolik o‘yinlar bor va biz boshqa jamoalarga qaramasdan o‘z vazifamizni bajarishda davom etamiz. O‘zimizga bog‘liq bo‘lgan holatlarga e’tibor qaratishimiz kerak.

Kundalish ish, mashg‘ulotlar davom etishi zarur. Har kuni zavqlanishimiz mumkinligi uchun baxtlimiz. Musobaqalar har yili o‘tkaziladi va biz doim kurashni davom ettiramiz.

«Real»da ikki turnir qoldi: La Liga va Chempionlar Ligasi. Mavsum so‘ngigacha oxirgi jonimiz qolgunga qadar kurashamiz», – deya Zidanning so‘zlarini keltiradi Marca.

«Qirollik klubi» La Ligada 49 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi va peshqadam «Atletiko»dan 6 ochkoga ortda qolmoqda. Chempionlar Ligasida 1/8 finalda «Atalanta» bilan o‘yin kutib turibdi.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 175

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 4

Фойдаланувчи қоидалари
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.