most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
UzFutbol.Net - Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
YANGILIK TASMASI
20 FEVRAL 2021, 20:38

«Real» klubi 2018 yilda norvegiyalik forvard Erling Holandni 8 million yevroga sotib olmagani ma’lum bo‘ldi.

Marca’ning yozishicha, Madrid klubi oldida Norvegiyaning «Molde» klubi sharafini himoya qilgan Holandni 8 million yevroga sotib olish imkoniyati bo‘lgan. Biroq «qirollik klubi» uning o‘rniga braziliyalik futbolchilar Vinisius, Rodrigo va Reyniyer variantlarini ko‘rib chiqqan.

Bir yil o‘tib, Holand 8 million yevro evaziga «Red Bull Zalsburg»ga o‘tgan, 2019 yilning dekabrida esa 20 million yevro evaziga «Borussiya» Dortmund safiga kelib qo‘shilgandi. Hozirda 20 yoshli forvardning transfer bahosi 80 million yevroga baholanmoqda. Yosh goleadorga «Chelsi», «Real» va «MYU» klublari qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Holand Bundesliga joriy mavsumida 16 o‘yinda 15ta gol va 3ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 195

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 7

Фойдаланувчи қоидалари
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.