most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
UzFutbol.Net - Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
YANGILIK TASMASI
22 FEVRAL 2021, 19:15

«Real» klubining «PSJ» forvardi Kilian Mbappe va «Borussiya» goleadori Erling Holandni o‘z safiga qo‘shib olish uchun qancha mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi.

AS nashri xabariga ko‘ra, Madrid klubi ushbu ikki yosh yulduzni o‘z safiga qo‘shib olish uchun jami 825 million yevro xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Tomonlar 6 yillik shartnoma imzolagan taqdirda klubga shuncha pul mablag‘ zarur.

Qayd etilishicha, Mbappe va Holandning transferi «Real»ga 300 million yevroga tushadi. «Qirollik klubi» 6 yillik shartnomaga ko‘ra fransiyalik hujumchiga 432 million yevro, norvegiyalik forvardga 120 million yevro maosh to‘lashi lozim.

Avvalroq, Mbappe Fransiya chempionatidan «Real»ga o‘tishni istayotgani aytilgan bo‘lsa, Holand ham Dortmundni tark etib, keyingi mavsumda top-klubga o‘tmoqchi ekanligi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Parij klubi Kilianni 200 million yevrodan kam narxga sotmasligi aytilgan bo‘lsa, Erlingning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasiga ko‘ra, 20 yoshli goleadorni yozda 75 million yevroga sotib olish funksiyasi faollashadi.

Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsumda «PSJ» safida 30 o‘yinda maydonga tushib, 21ta gol va 9ta assistga mualliflik qilgan. Holand esa dortmundliklar safida 25 bahsda 27ta gol va 7ta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 239

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 4

Фойдаланувчи қоидалари
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.