most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
UzFutbol.Net - Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
YANGILIK TASMASI
7 APREL 2021, 16:21

«Real» vingeri Vinisius Junior YeCHL 1/4 finalidan o‘rin olgan «Liverpul»ga (3:1) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Braziliyalik futbolchi ushbu bahsda dublga erishib, bellashuvning eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi.

«Juda yaxshi g‘alaba. Mavsumning eng yaxshi lahzasi.

Dubl? Madridda o‘ynashni orzu qilardim. Ishlashda davom etyapman. Bu menga hal qiluvchi lahzalarda gol urish uchun zarur kuchni bermoqda.

Raqibga vaziyat yaratishga deyarli imkon bermadik. Doim ham bugungidek o‘ynashimiz kerak.

Kroos – yuqori darajali futbolchi. Hech kim u kabi o‘ynay olmaydi. Unga assist uchun minnatdorchilik bildiraman.

Hech narsa o‘zgarmadi. «Liverpul» yaxshi jamoaga ega va ular javob o‘yinida g‘alaba qozonish uchun maydonga tushishadi.

Charchoq? 10 ballik tizimda 10. Jamoa libosi uchun borimni berdim va buni to‘g‘ri deb o‘ylayman», – deya Vinisiusning so‘zlarini keltiradi Marca.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 240

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 5

Фойдаланувчи қоидалари
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.