most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Uzfutbol.NET- Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
YANGILIK TASMASI
7 AVGUST 2018, 19:33

«Chelsi» darvozaboni Tibo Kurtua klubning ikkinchi mashg'ulotini ham o'tkazib yubordi.

Dushanba kuni tongida belgiyalik darvozabon «Real»ga o'tish ahdida qatiyligi va londonliklar klubiga qaytmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgandi.

BBC xabariga ko'ra, «Chelsi» ushbu ish bo'yicha chora ko'rishni boshlagan. 26 yoshli futbolchiga 200 ming funt miqdorida jarima qo'llanishi kutilmoqda.

Kurtuaning klub bilan shartnomasi muddati tugashiga bir yil muddat qolgan. Ammo shu yozdayoq Madrid klubiga o'tib ketishni rejalashtirmoqda.

Sky Sports xabariga ko'ra, «Chelsi» yangi darvozabon topsa, Kurtuani qo'yib yuborishi mumkin, ammo Angliyada bu safargi transferlar darichasi 1 sentabrda emas, chempionat boshlanishi arafasida, 9 avgust kuni yopiladi va klub Kurtuani sotsa, asosiy darvozabon topa olmasligidan tashvishlanmoqda.

Bundan avvalroq, «Chelsi» Kurtua o'rniga «Atletik»dan Kepa Arrisabalagani yoki «Atletiko»dan Yan Oblakni sotib olishi mumkinligi to'g'risida xabarlar tarqalgandi.

London klubi shuningdek «Stok Siti» darvozaboni Jek Batlendni Kurtuaga munosib o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Londonliklar «Everton»dan Jordan Pikfordni sotib olishga ham uringan ammo rad javobi olgan.

.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 515

BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.