most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Uzfutbol.NET- Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
YANGILIK TASMASI
8 AVGUST 2018, 08:27

«Real» Xalqaro chempionlar kubogi uchrashuvida «Roma»ni mag'lub etdi. Ist-Ruterforddagi (AQSh) «Metlayf» stadionida kechgan bahs ispan klubining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugadi.

«Real» futbolchilari uchrashuvning ikkinchi daqiqasida hisobni ochishdi. Garet Beylning to'p uzatishidan so'ng Marko Assensio gol urdi. Oradan 13 daqiqa o'tib uelslik hujumchining o'zi ispaniyalik Daniel Karvaxal yordamida nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Uchrashuv oxirlarida, 83-daqiqada «Roma» gollandiyalik Kevin Strotmanning yordamida oradagi farqni qisqartirdi.

Shu tariqa, «Real» musobaqadagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi va 3 o'yinda 6 ochkoga ega bo'ldi. «Roma» 3 uchrashuvdan so'ng 3 ochko to'pladi.

Real Madrid Ispaniya – Roma Italiya 2:1 (2:0, 0:1)

Gollar:
1:0 – 2 Asensio, 2:0 – 15 Beyl, 2:1 – 83 Strotman.

Real Madrid – Navas, Ramos (Xaver Sanches, 46), Regilon (Leon, 71), Karvaxal (Serxio Lopes, 71), Nacho (de Tomas, 82), Isko (Valverde, 56), Kroos (Lorente, 46), Asensio (Vinisius Junior, 57), Sebalos (Edegor, 71), Beyl (Vaskes, 56), Benzema (Mayoral, 57).

Roma – Olsen (Mirante, 46), Markano (Jezus, 63), Fasio (Manolas, 46), Kolarov (Santon, 71), FlorenTsi (Karsdorp, 63), Pastore (Strotman, 63), de Rossi (Gonalon, 46), El-Shaaravi (Shik, 46), Kristante (Pellegrini, 46), Perotti (Klyuyvert, 46), Djeko (Chorich, 72).

Ogohlantirish: Sebalos (50).

.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 1003

BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.