logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Uzfutbol.NET- Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
YANGILIK TASMASI
6 SENTABR 2018, 13:46

.

«Real» klubi va Germaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Toni Kroos «Manchester Siti» havbekining germaniyalik havbeki Leroy Saneni tanqid qildi.

Sane milliy terma jamoaning JCh-2018 turniri uchun zayavkasiga kiritilmagan, buning ortidan terma jamoa bosh murabbiyi Yoaxim Lev tanqidga uchragandi.

«Saneda jahon darajasidagi futbolchi bo'lish uchun barcha imkoniyatlar bor. Ammo vaqt o'tgan sayin u o'zida ishonchsizlik tug'dirmoqda. Agar u bor imkoniyatlarini ishga solib o'ynasa, bizga juda katta yordam bergan bo'lardi.

Bazida uning so'zlaridan biz yutamizmi, yutqazamizmi, unga baribir ekanini ko'rish mumkin. U atrofga to'g'ri munosabatda bo'lishi kerak, u o'z darajasini boricha namoyish eta olsa, u biz uchun ideal qurolga aylanishi mumkin.

O'ylaymanki, ertaga muxlislar bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelishadi. Ular bu safar yomon Germaniyani ko'rishmaydi. Biz juda yaxshi mashg'ulotlar o'tkazdik va buni ertaga maydonda namoyish etamiz.

Hozirda bizning jamoada tartib kuchaytirilgan. Buni to'g'ri qabul qilish kerak: biz jahon chempionatida yomon o'ynadik, buning sababi soat 10.05da nonushta qilganimizda emas, shunchaki yaxshi o'ynay olmadik», – degan Kroos.

6 sentabr kuni Germaniya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida FranTsiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Qo‘shdi: Mehmon O‘qildi: 771

BILDIRILGAN FIKRLAR


© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.