most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Uzfutbol.NET- Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
YANGILIK TASMASI
9 OKTYABR 2018, 18:18

Xabaringiz bor, joriy yildan boshlab O‘zbekiston hamda Ispaniya futbol ligalari o‘rtasida yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Aprel oyi boshida Madridda amaliy ishchi tashrif bilan bo‘lgan O‘zPFL bosh direktori Omon G‘ofurov La liga bosh direktori Xavyer Gomes bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgandi. La liga bosh direktori o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shishga, mutaxassislarni O‘zbekistonga yuborib, turli seminarlar tashkil qilish va tajribalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.

Uchrashuv yakunida esa O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda Ispaniya La ligasi o‘rtasida 2020 yilga qadar mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangandi. Ushbu memorandumga ko‘ra, La liga mutaxassislari marketing, futbolga oid turli dasturlar, klublar bilan ishlash, translyasiyalar va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha yurtimizdagi mutaxassislarga yordam beradigan bo‘lishdi.

O‘zaro hamkorlik doirasida joriy yil so‘nggiga qadar yana bir qator tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Mana shunday loyihalar doirasida ispan mutaxassislari kelasi mavsum uchun Musobaqalar Reglamentini ishlab chiqishda o‘z tajriba hamda tavsiyalari bilan yordam berishadi.

Professional Futbol Ligasi allaqachon kelasi yilda bo‘lib o‘tadigan musobaqalar uchun Reglament ishlab chiqishni boshlab yuborgan. Keyingi yilgi Musobaqalar Reglamentiga joriy mavsumdan kerakli xulosalar qilingan holda bir qancha yangiliklar kiritiladi. Bunda La liga mutaxassislari ham o‘z takliflarini berishadi.

Ta’kidlash joizki, kelasi mavsumdan Musobaqalar Reglamenti o‘zbek tilida ham tuziladi. Bunga qadar Reglament faqat rus tilida nashr etib kelingan. Bundan buyon futbol jamoatchiligiga Musobaqalar Reglamenti ham o‘zbek, ham rus tilida taqdim etiladi.

.

Qo‘shdi: Mehmon O‘qildi: 408

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1

Фойдаланувчи қоидалари
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.