most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
UzFutbol.Net - Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
YANGILIK TASMASI
17 OKTYABR 2018, 20:45

Sayt sustlashib ketmoqda...

Assalomu aleykum aziz fanatdoshlar , oxrgi kunlarda saytimiz sustlashib ketayotlani bor gap.. Buning sabablari yetarlicha, birnecha misollar keltirish mumkin.

1) Loyihalar saytda juda kam. Fifa kinlari ham jonga tegkani bor gap chunki bazi loyihalar ni faoliyati jamoamizni o'yiniga bogliq masalan "Lopetegi tanlovi" "Futbol taxminlari" "Chempions league taxminlari " kabi loyihalar.. Albatta bu loyihalar ni bir o'zim oborishga qiynalyapman, natijalarni hisoblash esa judayam kop vaqtni talab qiladi. Shuning uchun 1-2 ta admin olinishi mumkin.

2) Onlaynlar kamligi : Saytda eski userlardan odamlar kam qolgan, köpchilik yangi xuddi futbolda avlodlar almashinuvi kabi. Aksariyat userlar sotqinlarcha allambalo menejer saytlariga ketib qolishgan, shuncha vaqt Realfans da yurib endi bu saytda özlari kiradigan saytlarini reklama qilib zaynab qivorishadi. Bazilarga ban berilsa ham foydasi yoq, yana itdak kelaveradi. Agar erkak bölishsa, userlarni ekakchasiga yiq. Reklamachilar shu oyda juda köpayib ketishdi. Hatto hozir reg ni ham ochib qoymaganman. Sizlardan iltimos agar kimdir shaxsiy xabar orqali biror bir saytga kiring yoki rek qilsa menga yo biror adminga xabar bering.. Darhol ban beriladi.


3.) Yangilikdagi izohlar ni kamligi va "Tomoshalar " !!!
Saytda oldinlari yangilik chiqishi bilan 1 soatlar o'tib 10 ga yaqin kamentlar yozilardi bir vaqtlar.. Hozir esa umuman qoniqarsiz, uzog'i bilan 20 ta kamentlar yoziladi, uyam bo'lsa yarmi janjallar, ishkallar. Saytga chiqadigan newslarga fikr bildirib bir biringiz bilan fikrlar almashsangiz bizdan bundan xursand bölardik va bu bizga bundanda köproq yangilik chiqarishimizga "Matevatsiya " berardi.

Fikr bildirishda avvalo userlarni fikriga nisbattan hurmat bo'lishi shart, chunki 5 barmoq baravar emas, hammani o'ziga yarasha tushunchasi bor futbol haqida, hechkim uni fikriga past baxo berish ga haqliy emas. Yana bir muammo, iltimos shu bir futbolchiga balet qilmanglar, 80% janjallar shu sababdan kelib chiqadi. Iskochi , Beylchi , Asensiochi, agar shu fanatizmlik bo'lmasa janjal bölmaydi.. Bu gapimni etiborga olmay, menga gitara deb yana davom etadiganlarga ayamasdan ban beriladi.

4) Muhokima uchun mavzu tashamoqchiman, köpchilik sayt sustlashib qoldi deydi, ammo shu faollashishi uchun nima qilinishi kerak ? Loyihalardan tashqari...

Saytda 5-6 ta yaxshi fikrlaydigan userlar masalan : Mbappe_10 , Madridman, Mireal, Hala Madrid, Realblancos, GARET_ BEYL va yana boshqalar, ( niklari esimda yoq uzur ) . Ammo shu Maqoladek gap yozib yuborsalar qarash yoq etibor yoq, shunga köpchilik uzun fikr yozmasa kerak. Eng muhimi boshqalar bilan fikr almashish. Örtaga mavzu tashlash kerak agar zeriksa, yoki chatda ham biroz faollashish kerak. Yangiliklardagi izohlarni kopchiligi taxminan shunday bo'ladi :" Malades" , qoil, O'lga Real, Hala Madrid , Sen zörsan va hokazo.. Chuqur tahliliy yondashish yoq afsuski. Agar manoli , uzun , va ajoyib kamentlar köproq yozilib turilganida "Eng sara fikrlar - Top 10" loyihasini oborardim...
Kecha barsachilar saytida Realfans ni yomonlab izohlari axmoqona deb ustimizdan kuldi userlarni... Shundan xulosa qilaylik !!!


Admin bölishini istaganlar kuniga 3 ta xabar qoshib 2 ta loyiha oborishi kerak. Kim admin bölishni istaydi ? Takliflar körib chiqariladi

Gaplarim kimgadur yoqmagan bölsa uzr sörayman !!!

Amirkhan_07

Qo‘shdi: MADRIDIST. O‘qildi: 1142

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 41

Фойдаланувчи қоидалари
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.