27 OKTYABR 2018, 12:47 «Real» himoyachisi Marselo bosh murabbiy Xulen Lopetegini qo'llab-quvvatladi va «Barselona»ga qarshi bo'lajak o'yin haqidagi fikrlarini aytdi.
«Biz hozirgi vaziyatni o'zgartirishga harakat qilamiz. Biz juda ham yomon ahvolda emasmiz, ammo yanada yaxshi bo'lishni istaymiz.
Lopetegi? U «Real»ni cho'qqiga qaytarish uchun barcha choralarni ko'ryapti. Klubning o'rni o'sha erda bo'lishi lozim.
El Klasiko? Kim eng kam xato qilsa, o'sha g'alaba qozonadi. Biz ehtiyot bo'lishimiz shart. «Barselona»ning darajasi va hujumchilarining saviyasini bilamiz. Biz o'z futbolimizni namoyish qilamiz. Biz o'z imkoniyatlarimizni bilamiz», - dedi Marselo.
Manba: tribuna.uz

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 502
Фойдаланувчи қоидалари
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017. Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт.
Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.