logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Uzfutbol.NET- Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
YANGILIK TASMASI
5 YANVAR 2019, 17:30

.


«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari Ispaniya chempionatining 18-turidagi «Real Sosedad»ga qarshi o'yin oldidan jamoa azolarining fidoyiligiga urg'u berdi.

«Beylning jarohati jiddiy emas; bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng aniq malumotga ega bo'lamiz. U «Real» uchun muhim futbolchi. Tez orada tiklanib, safga qaytishiga umid qilamiz.

Biz ko'plab turnirlarda qatnashyapmiz va har bir o'yinga alohida tayyorlanishga urinyapmiz. Ammo futbolchilar – mashina emas. Bu yil hech qaysi jamoa «Real»dek ko'p o'yinlar o'tkazgani yo'q. «Vilyarreal» bilan o'yinda Beyl to'pig'ida shish bor holicha to'p surdi, Benzema qo'lidan kelgancha harakat qildi. Menimcha, «Real» futbolchilarining fidoyiligi borasida hech qanday shubhaga o'rin yo'q», – degan Solaridan iqtibos keltirmoqda Mundo Deportivo.

«Real Sosedad»ga qarshi bahs «Santyago Bernabeu»da ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 22:30 boshlanadi.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 1045

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 7


© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.