logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Uzfutbol.NET- Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
YANGILIK TASMASI
21 FEVRAL 2019, 23:16

FIFAdagilar turnirlardagi jamoalar sonini ko'paytirish haqida vaqtincha o'ylamay, ish bilan shug'ullanishmoqda.

Malumotlarga ko'ra, tez orada qo'l bilan o'ynashni baholash bo'yicha yangi qoidalar joriy qilinadi.

Asosiy amalga oshiriladigan ish - "atayin" so'zi olib tashlanadi. Uning o'rniga to'p qo'lga tekkandagi holati hisobga olinadi. Tashkilot qo'l qanday holatda bo'lganida qoida buzilishini aks ettiruvchi surat ham ishlab chiqdi.
Buning uchun ciferblat tamoyilidan foydalanildi. Qo'lingiz 3 va 9 dan yuqorida bo'lsa, FIFA qabul qiladigan yangi qoidalarga ko'ra, jarima zarbasi belgilanadi.

Eng qiyin hududlar: 3 va 4 hamda 8 va 9 orasi. FIFA bu hududlar uchun qaror qabul qilishni bosh hakamga qoldiradi. Agar to'p 4dan 8 orasigacha bo'lgan hududda qo'lga tegsa - bu qoidabuzarlik emas.

Ammo hakam asosan qo'lning tabiiy harakatiga baho beradi. Yani qo'l bilan o'yin borasida bahslashuvlar to'xtamaydi.

Bu qoidalar bo'yicha o'tkaziladigan ilk turnir ayollar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lishi kerak. Ushbu musobaqa yozda Franciyada o'tkaziladi. 2 mart kuni SHotlandiyadagi FIFA yig'ilishida ushbu qoidalar muhokama qilinadi. Noyabr oyida FIFAda yana bir g'oya borligi aytilgan edi: hujumkor futbolchilarga qaytarilgan penaltidan so'ng to'pga zarba bermaslik.

Bundan tashqari boshqa mayda o'zgarishlar ham ko'rib chiqiladi. Masalan, jarima zarbasi yoki erkin zarba paytida hujum qilayotgan jamoa futbolchilari jonli devordan kamida bir metr uzoqda turishlari kerak. Bu birinchi navbatda o'yinchilar o'rtasidagi to'qnashuvni kamaytirish uchun qilinmoqda.

Qo‘shdi: Mehmon O‘qildi: 860

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 10


© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.