logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Uzfutbol.NET- Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
YANGILIK TASMASI
1 APREL 2019, 14:56

«Yuventus» «Real»dan himoyachi Rafael Varanni xarid qilmoqchi, deb yozadi Calciomercato.

Xabarda aytilishicha, Turin klubi himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun fransiyalik ushbu futbolchini asosiy maqsad qilib olgan. «Yuve» 25 yoshli himoyachini Jorjo Kellini va Leonardu Bonuchchiga uzoq muddatli o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Ta’kidlanishicha, «keksa sinora» «Ayaks»dan Matteys de Ligtni sotib olmoqchi ham bo‘lgan, ammo u «Barselona»ga o‘tishi ehtimoli yuqoriligi aytilmoqda.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, «Real» Varan uchun kamida 80 mln yevro so‘ramoqda. «Yuventus» esa bunga ko‘nmayapti. Muzokaralar davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Rafael bu mavsum «qaymoqranglilar»ning 35ta o‘yinida qatnashib, ikkita gol urdi. Uning shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Varan «Manchester Yunayted»ning ham asosiy maqsadlaridan biri ekani xabar qilingandi.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 1142

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 10


© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.