most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Uzfutbol.NET- Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
YANGILIK TASMASI
22 APREL 2019, 16:45

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogbaning «Real»ga transferi amalga oshmasligi mumkin.

As xabariga ko‘ra, madridliklar klubida bu transferdan voz kechish uchun uch jihat bor – «MYU»ning futbolchini tarkibda olib qolish xohishi, fransuz futbolchisining maoshi va uning agenti Mino Rayola talab qiladigan yirik miqdordagi komissiya puli.

Xabar qilinishicha, Pogbaning yillik maoshi miqdori soliqlar chiqarib tashlangan holatda 17 million yevroni tashkil etadi. Agar madridliklar klubi ham unga shuncha miqdorda maosh to‘laydigan bo‘lsa, u «Real»ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.

Bu holda esa klubning faxriy futbolchilari, jumladan ayni vaqtda klubning eng ko‘p miqdorda maosh oluvchi futbolchisi va sardori Serxio Ramosning noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin. Qolaversa, ko‘p vaqtdan buyon «Real» va Rayola o‘rtasida tarang vaziyat saqlanib kelmoqda.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 701

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 16

Фойдаланувчи қоидалари
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.