9 YANVAR 2020, 01:58 Ispaniya Superkubogi dastlabki yarim final uchrashuvi yakunlandi.
Saudiya Arabistonida o'tkazilayotgan Ispaniya Superkubogining dastlabki yarim final uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bahsda kutilganidek Madrid grandining qo'li baland keldi. SHu tariqa Zidan shogirdlari finalning ilk ishtirokchisiga aylanishdi. Ularga "Atletiko" - "Barselona" juftligi g'olibi finalda qarshilik ko'rsatadi.
Ispaniya Superkubogi
Yarim final
«Valensiya» − «Real Madrid» 1:3
Gollar: 0:1 – 15 Kroos, 0:2 – 39 Isko, 0:3 – 65 Modrich, 1:3 – 90, penalti Parexo.
«Valensiya» – Domenek, Garay, Gayya, Gabriel Paulista, Vass, Koklen (Sobrino, 83), Kondogbia (Maksi Gomes, 58), Parexo, Soler, Ferran Torres, Gameyro (CHeryshev, 70).
«Real Madrid» – Kurtua, Ramos, Karvaxal, Mendi (Marselo, 71), Varan, Modrich (Xames, 77), Isko, Kazemiro, Kroos, Valverde, Yovich (Mariano Dias, 83).
Ogohlantirish: Kazemiro (88).

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 846