logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
«Real» Mbappeni sotib olish uchun Iskoni transferga qo‘yishni rejalashtirmoqda
14 FEVRAL, 22:55 / O'QILDI: 437

Angliyaning bir qator klublari «Real» yarimhimoyachisi Iskoni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan, deya xabar bermoqda El Desmarque.

«Arsenal», «Chelsi» va «Manchester Siti» klublari yozgi transfer oynasida 27 yoshli ispaniyalik futbolchini tarkibga qo‘shib olish borasida ish olib borishmoqda. Mikel Arteta va Pep Gvardiola o‘z jamoalarining yarimhimoya chizig‘ini aynan Isko orqali kuchaytirishni reja qilishgan.

Manbaning xabariga ko‘ra, «Real» prezidenti Florentino Peres yozda «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappeni qo‘lga kiritish uchun Iskoni transferga qo‘ymoqchi. Sotuvdan tushgan mablag‘ esa fransiyalik forvardni Madridga olib kelish uchun ishlatiladi. Mbappe «Real» va uning bosh murabbiyi Zineddin Zidan uchun yozgi transferlardagi eng asosiy maqsadga aylangan. Klub parijliklar hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqchi.

Yangilik rasmi

Fenomen

Fikrlar
Umumiy: 9

Field Group loyihasi © UzMadrid.net, RMA.uz, Real-Madrid.uz, HalaMadrid.uz, RealFans.uz, 2020