logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Vinisius: «Sterling ham mening yoshimda kam gol urardi»
15 FEVRAL, 01:03 / O'QILDI: 341

«Real» vingeri Vinisius Junior kam gol urayotganidan xavotirlanmayotganini aytdi.

«Xotirjamlikni saqlayapman. Ko‘p gollar uradigan davrlarim ham keladi. Men atigi 19 yoshdaman. Mening yoshimda Rahim Sterling bilan ham shunday bo‘lgan. U kam gol urardi, ammo bu mavsumda 15-16ta gol urdi. U yildan-yilga o‘sib bormoqda.

Ijara haqidagi mish-mishlar? Men bu xaqda hech qachon o‘ylamaganman, lekin futbolda hamma narsa har daqiqada o‘zgarishi mumkinligini bilaman. Men har doim «Real»da qolishni istaganman. Bor kuchimni ishga solib, dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan o‘ynashda davom etmoqchiman», – deb Vinisiusning so‘zlarini keltiradi Esporte Interativo.

Vinisius bu mavsumda «Real» safida 23ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi.

Yangilik rasmi

Fenomen

Fikrlar
Umumiy: 11

Field Group loyihasi © UzMadrid.net, RMA.uz, Real-Madrid.uz, HalaMadrid.uz, RealFans.uz, 2020