logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Ronaldu yozda «Yuventus»ni tark etishi mumkin
25 MART, 20:27 / O'QILDI: 562

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

AS xabariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi turinliklar safini tark etmoqchi va ayni paytda 2ta taklifga ega.

Ronaldu xizmatiga «PSJ» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirmoqda. Uning o‘zi «Old Trafford»ga qaytishni istayapti. Biroq, buning uchun «Manchester Yunayted» Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2018 yil yozida «Real»dan «Yuventus»ga 117 mln yevro evaziga o‘tgan edi. Shu paytgacha u turinliklar safida 75ta o‘yinda 53ta gol urdi va 14ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Yangilik rasmi

Fenomen

Fikrlar
Umumiy: 11

Field Group loyihasi © UzMadrid.net, RMA.uz, Real-Madrid.uz, HalaMadrid.uz, RealFans.uz, 2020