logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
23 MAY 2020, 00:54 / O'QILDI: 165

.

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Rodrigo Goes mavsumning ehtimoliy tiklanishi to'g'risida fikr bildirdi.

"Birinchi haftada biz ko'proq yakka tartibda shug'ullandik, biroq endi birgalikda mashg'ulot o'tayapmiz. Endi biz bir birimizga pas berishimiz, darvozaga zarba yo'llashimiz mumkin. Mana bu futbol, sekin-sekin odatiy hayotga qaytyapmiz.

Men karantin vaqtida uyda shug'ullandim, qilishim kerak bo'lgan barcha ishni qildim va hozir o'zimni yaxshi his qilyapman. Murabbiy va uning xodimlari tomonidan berilgan barcha topshiriqlarni bajardim. Men shu tarzda davom etishim kerak. Asta-sekin yuqori darajamizga qaytamiz.

La Liga qaytishi haqida yaxshi bilib turibmiz, astoydil harakat qilamiz va musobaqa boshlanganda o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatamiz. Biz La Ligani yutmoqchimiz", -deydi Rodrigo.
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 4

© UZMADRID.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.