logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
30 IYUN 2020, 13:30 / O'QILDI: 436

Goal nashri «Oltin to‘p» uchun da’vogarlarning yangi ro‘yxatini e’lon qildi.

Nashr talqiniga ko‘ra, «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski sovrin uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rindan «Yuventus» yetakchisi Krishtianu Ronaldu joy olgan. Bungacha 3-o‘rinda bo‘lgan «Barselona» hujumchisi Lionel Messi 4-o‘ringa tushgan bo‘lsa, uning o‘rniga «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne uchlikka ko‘tarilgan.

«Real» hujumchisi Benzema 8-o‘rindan 6-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, 6-o‘rindagi Neymar 7-o‘ringa tushgan.

Goal talqiniga ko‘ra, «Oltin to‘p» uchun kurashda da’vogarlarning yangilangan reytingi top-o‘nligi:

1 (1). Robert Levandovski («Bavariya»).

2 (2). Krishtianu Ronaldu («Yuventus»).

3 (4). Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»).

4 (3). Lionel Messi («Barselona»).

5 (5). Tomas Myuller («Bavariya»).

6 (8). Karim Benzema («Real»).

7 (6). Neymar («PSJ»).

8 (7.). Erling Holand («Borussiya», Dortmund).

9 (9). Kilian Mbappe («PSJ»).

10 (10). Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund).

"()" ichida yozilganlari oldingi o'rinlari.

Manba: tribuna.uz

.

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 12

Фойдаланувчи қоидалари

© UZMADRID.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.