logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
Uzfutbol.NET- Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
YANGILIK TASMASI
24 OKTYABR 2021, 15:36

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 10-turidan o‘rin olgan «Barselona» bilan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Xavotirga tushish va ba’zan qo‘rqish — normal holat. Bu — yaxshi his-tuyg‘ular. Agar qo‘rqmasangiz, sherning ustida xuddi mushukdek yurasiz. Qo‘rquv — yaxshi tuyg‘u.

Ishonch ham kerak. Kuchli jamoam borligiga ishonaman. Futbolchilar nafaqat texnik va jismonan, balki psixologik jihatdan ham kuchli.

Ba’zida o‘yin va mashg‘ulot oldidan qo‘rquv paydo bo‘ladi. Ammo bu yomon emas. Yaxshiyamki, men hech qachon qo‘rqmayman, chunki hayotda futbol o‘yinida mag‘lub bo‘lishdan ham yomonroq narsalar bor.

Menimcha, «Kamp Nou»da g‘alaba qozonish vaqti keldi. Lekin bu faqat 3 ochko. Chempion bo‘lishni istasak, nafaqat «Barsa» bilan, balki har bir ochko uchun kurashish kerak», — deya Anchelottining so‘zlarini keliradi ESPN.

Manba: tribuna.uz

.

Qo‘shdi: Jasurbek Allashukirov O‘qildi: 69

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 6


© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
2013-2021
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.