logotip
KirishRo'yxatdan o'tishFootbal News
REKLAMA
Futbol olamidagi eng qiziqarli yangiliklar
Liverpool FC Fans Uzbekistan
Militiao: "Dunyodagi eng yaxshi klubga qo`shilganimdan hursandman"
11 IYUL, 08:49 / O'QILDI: 278

Matbuot anjumanida "Real" elchisi Arbeloa Militiaoni klub futbolchii sifatida OAV vakillariga tanishtirdi. Shundan so`ng, futbolchi matbuot vakillari bilan suhbatlashdi.

"Hayotimdagi voqealar juda tez sodir bo`ldi. Men "San Paulo" va "Portu"da qisqa vaqt o`ynaganman. Hozir esa dunyodagi eng yaxshi klubdaman va bundan juda hursandman. Buyuk ishlar qilishni xohlayman. Imkonim boricha har qanday ishni qilaman"


Muxlislarga xabar
"Ular meni bu libos uchun hamma narsaga tayyor raqobatbardosh o`yinchi va har bir o`yinni o`zining so`ngi o`yinidek o`tkazadigan futbolchi sifatida qabul qilishlari mumkin. Men yaxshi mavsum o`tkazmoqchiman. Muxlislarga juda ko`p quvonch ulashish uchun keldim"


Futbolchi sifatida tar`rif
"Men ko`p funksiyali o`yinchiman. Qilayotgan ishimni yaxshi ko`raman va yutqazishni yomon ko`raman. doim borimni berishga umid qilaman. Men juda raqobatbardosh futbolchiman"


Zidan haqida

"Haligacha u bilan gaplashganim yo`q lekin u bilan oldinga qarab intilamiz va ishlaymiz. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo`ladi va biz ajoyib ishlar qila olamiz. libos raqami haqida haligacha o`ylaganim yo`q"

"Bu yangilikni eshitganimda juda hursand bo`lgan edim. Men shunda qattiq mehnatimga yarasha mukofot olganimni xis qilgan edim. O`ylab o`tirmasdan, bu yerga kelishni xohlashimni tezda aytdim. Allaqachon o`zimni dunyodagi eng yaxshi klubida o`ynayotgandek ko`rmoqdaman. Dunyodagi eng yaxshi klubning bir bo`lagiga aylanish - juda yoqimli tuyg`u. Men juda hursandman"

Kasilyas va Pepedan maslahat
"Ular men bilan klub madaniyati haqida suxbatlashishdi. Ular bu yerga tezroq kelishimni, qattiq mehnat qilishmi va shu yeda qolib o`sishim kerakligini aytishgan edi"

Pozitsiyasidagi raqobat haqida
"Yaxshi baxs bo`lsa kerak. O`zimni ishimni qilish uchun kelganman bu yerga. Bilaman, bu oson bo`lmaydi lekin murabbiy nima desa hammasini bajaraman. agar u menga imkoniyat bersa, men ishonchni oqlayman. Tarkibga kirtish yoki kirtmaslik murabbiyga bog`liq. Bu uning qarori"

Bosim va orzusidagi chempionlik tituli haqida
"Ha, bu yerda bosim kuchli. Bu juda katta klub lekin bu yaxshi. Bu yerda doim bosim bo`ladi. Yaxshi mavsum o`tkazishga umid qilaman. Hammasidan ham ko`ra, Chempionlar Ligasini yutishni xohlayman"

"Portu" haqida
"Juda yaxshi mavsumni o`tkazdik. Klubga kelganimda butun jamoa meni iliq qarshi olishgandi. Birinchi o`yindanoq ular menga ishonishgn edi. Ulardan ko`p narsa o`rgandim. Ularga rahmat aytaman. Bu tajribadan juda hursandman"


Arbeloa: "Iqtidoring, qattiq mehnating va muxlislarning yordami bilan juda ko`p muvoffaqiyatga erishasan"
"Sen bugun uyingdasan. Biz sen va oilang bu yerda o`zlarini qulay his qilishlari uchun barcha sharoitni yaratib beramiz. Bu futbolchi uchun katta chaqiriq lekin iqtidoring, qattiq mehnating va muxlislarning yordami bilan ko`p muvoffaqiaytga erishishinga bizning ishonchimiz komil. Omad. Dunyodagi eng yaxshi klubga xush kelibsan. Real Madridga xush kelibsan."

Yangilik rasmi

Fikrlar
Umumiy: 4
Bog'lanish