logotip
KirishRo‘yhatdan o‘tish
Reklama
Xamesning otasi o'g'lining "Atletiko"ga o'tishiga sha'ma qildi
10 IYUL, 17:13 / KO'RILDI: 181

Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodrigesning otasi Xuan Karlos Restrepo o'g'lini "Atletiko"ga o'tishga yaqin deb hisoblaydi. - Seni ko'rishni xohlashadigan joyda o'ynash kerak, - deydi Restrepo.

- Xamesga eng yaxshi klublar qiziqayotganligi baxt. Men o'g'limning qaerga o'tishni xohlayotganligini bilmayman.

U
"Atletiko"ga yaqinmi yoki "Napoli"ga? U Ispaniya bilan tanish. Uning bu mamlakatda o'z uyi bor. Mening fikrimcha shu omillar unga qaror qabul qilishda yordam beradi.Shuni ta'idlab o'tish kerakki, Xames shu yili Ispaniya fuqaroligini qabul qildi.

Xames faoliyatini Kolumbiyaning "Envigado" klubida boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U "Bavariya" va "Real"dan tashqari "Banfild", "Portu" va "Monako" klublari sharafini himoya qilgan.Yarim himoyachi 2011 yildan beri Kolumbiya terma jamoasida harakat qiladi.

Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 7ta assist qayd etgan.

Yangilik rasmi

Fikrlar
Umumiy: 6