logotip
KirishRo‘yhatdan o‘tish
Reklama
Leonardo: "Mbappe sharnomasini uzaytiradi deb vada bera olmayman"
11 IYUL, 16:33 / KO'RILDI: 529

"PSJ" sport direktori Leonardo Mbappe shaartnomasini uzaytirishiga kafolat bera olmasligini aytib o`tdi.

"Hozir Mbappe shu yerda. U klub uchun juda muhim futbolchi. U mashg`ulotlarga tabassum bilan a`lo kayfiyatda qaytdi. U jozibador {xarizmatik}. Odamlar haqiqatan ham uni yaxshi ko`rishadi va jamoa ichida ham uni yoqtirishlari o`yinchi uchun muhim"

Mbappening shartnoma uzaytirishi haqidagi savolga Leonardo shunday javob berdi: "men buni vada qila olmayman. Bunga 2 ta sabab bor. Birinchidan, men klubdagi hech kimga kafillik bera olmayman, ikkinchidan esa 100% amin bo`lmasdan o`yinchilar borasida vada bera olmayman. Meni bir narsa qiziqtiradi - hozir"

Mbappe markaziy hujumchi pozitsiyasida o`ynashni xohlamoqda. Shu sabab u klubdan ketmoqchi. Tomes Tuhel o`tgan mavsum fransiyalik futbolchini vinger sifatida maydonga tushirdi.

"Buyuk futbolchilarning faoliyatiga qarasangiz, ular karerasi davomida turli-xil pozitsiyalarda o`ynaganiga guvoh bo`lasiz", deydi Leonardo

"Bu narsa Zidan bilan ham sodir bo`lgan. Ronaldo chapda, o`ngda va markaziy hujumda o`ynagan. Ronaldinyo ham turli pozitsiyalarda harakat qilgan."

"Mbappega o`xshagan futbolchilar istagan narsalarini qilishlari mumkin. Qaysi pozitsiyada o`ynashidan qat`iy nazar. Unda juda ko`p fazilatlarga ega: tezkor, chaqqon va texnik tomondan mukammal. U yaxshi to`purar, u aqilli... u hammasiga ega", deydi u.


Yangilik rasmi

Fikrlar
Umumiy: 12