most
logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Butsa.net – Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
UzFutbol.Net - Futbol yangiliklari, Karikaturalar!
Maydon.net - Rasmiy xabarlar
YANGILIK TASMASI
14 DEKABR 2017, 19:12

Bugun Ispaniya grandi "Real" stadioni "Santyago Bernabeu" o'zining 70 yoshini qarshi oldi.

70 yil oldin (1947 yil) aynan shu kuni ushbu arenaning ochilish marosimi bo'lib o'tgan.

1940 yillarning o'rtalarida "CHamartin" stadioni "Real"ga torlik qilib qoldi.

.


1944 yilning 22 iyun kuni bank Santyago Bernabeu va Rafael Salgadoga eski arena oldidan er xarid qilish uchun kredit ajratdi. O'sha yilning 5 sentyabr kuni esa yangi stadionning maket va loyihalari taqdim etildi. 27 oktyabrda esa qurilish ishlari boshlandi. "Santyago Bernabeu" bor-yo'g'i 1,7 mln. evro evaziga barpo etilgan.

.


1947 yilda ochilgan stadioning nomi "Nuevo CHamartin" ("Yangi CHamartin") edi. "Real" ushbu arenadagi ilk o'yinda Portugaliyaning "Belenensisha" klubini 3:1 hisobida mag'lub etdi. Yangi inshootdagi ilk golni Sabino Barinaga urdi. Avvaliga ushbu stadion o'z bag'riga 75145 muxlisni sig'dira olardi. Hozir esa 81 mingdan ortiq futbol shinavandasi "Santyago Bernabeu"da sevimli jamoasining o'yinlarini bemalol tomosha qilishi mumkin. 1955 yilda "Nuevo CHamartin" stadioni nomi klub sobiq futbolchisi va prezidentiga atab "Santyago Bernabeu" deb o'zgartirildi.

.


Hozirgacha ushbu arenada 8ta final o'tkazilgan va ularning 3tasida "Real" ishtirok etgan.

1957 — Evropa CHempionlari Kubogi finali («Real» — «Fiorentina» — 2:0)

1964 — Evropa chempionati finali (Ispaniya — SSSR — 2:1)

1969 —Evropa CHempionlari Kubogi finali(«Milan» — «Ayaks» — 4:1)

1980 —Evropa CHempionlari Kubogi finali(«Nottingem Forest» — «Gamburg» — 1:0)

1982 — Jahon chempionati finali (Italiya — FRG — 3:1)

1985 — UEFA Kubogi finali («Real» — «Videoton» — 1:0)

1986 —UEFA Kubogi finali(«Real» — «Kyoln» — 5:1)

2010 — UEFA CHempionlar ligasi («Bavariya» — «Inter» — 0:2)

.


.

Qo‘shdi: Mehmon O‘qildi: 1048

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 6

Фойдаланувчи қоидалари
© UzMadrid.NET — «Реал Мадрид» ўзбек фан клуби.
Ташкил топган сана: 10.12.2017.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.