logotip
KirishRo‘yhatdan o‘tish
O'rtoqlik o'yini. "Roma" – "Real" uchrashuvi g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi
12 AVG, 08:53 / KO'RILDI: 865

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Roma o'z uyida Real bilan nazorat o'yini o'tkazdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Tomonlar kelishgan holda g'olib nomini penaltilar seriyasida aniqlashdi. Unga ko'ra, futbol lotereyasida maydon egalari zafar quchishdi. Yagona noaniq zarbani esa «qaymoqranglilar» himoyachisi Marselo yo'lladi.

«Roma» – «Real» – 2:2

«Olimpiko» stadioni.

Gollar:
Marselo, 16 (0:1). Perotti, 34 (1:1). Kazemiro, 38 (1:2). Djeko, 40 (2:2).

Penaltilar seriyasi: 5:4

«Roma» – Pau Lopes, Kolarov, Fasio, Juan Jezus, Florenci (Spinaccola, 63), Kristante, Pellegrini (Diavara, 62), Zanolo (Antonuchchi, 76), Jengiz Yunder, Perotti (Klyuvert, 67), Djeko (SHik, 76).

«Real Madrid» – Kurtua, Marselo, Varan, Eder Militau, Nacho (Yovich, 46), Karvaxal (Odriosola, 62), Modrich, Valverde (Vinisius Junior, 46), Kazemiro (Kroos, 62), Benzema (Beyl, 61), Azar (Isko, 71).

Ogohlantirishlar: Eder Militau, 63.

.

Fikrlar
1 2 3 >>
Umumiy: 50
Reklama va takliflar uchun telegram: @jasofficial