logotip
KirishRo‘yhatdan o‘tish
Transfer olamidagi so'nggi yangiliklar
13 AVG, 11:31 / KO'RILDI: 846

Ushbu mavzudagi so'ngi yangiliklarni taqdim etamiz.

«Inter» va «Fiorentina» futbolchi almashmoqchi

“Italiyaning ikki klubi «Fiorentina» va «Inter» o'zaro kelishgan holda o'yinchi almashinuvini amalga oshirishni reja qilmoqda”,-deb xabar bermoqda «Sky Sport» nashri

«Inter» «Fiorentina» himoyachisi Kristian Biragi bilan qiziqayotgan bo'lsa, «Fiorentina» o'z futbolchisi evaziga Dalbertni tarkibiga qo'shib olishni istamoqda.

Hozirda klublar o'zaro kelishuvni amlaga oshirishga juda yaqin kelishdi. Agarda futbolchilar yangi klublari bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishsa, hafta oxirida transfer rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

«PSJ» Dibalani qo'lga kiritmoqchi

Turin super klubi hujumchisi Paolo Dibala «PSJ» e'tibor markazida turgani haqida avvalroq xabar bergan edik. Bu transfer tobora amalga oshishi ehtimoli oshib bormoqda.Gap shundaki, Dibala bugun o'z agenti bilan klubdagi kelajagi borasida kelishib olishi haqida o'z ijtimoiy tarmoqlarida post qoldirgan edi.

Futbolchi Sarrining o'yin uslubiga mos kelmayotgani bois klubni tark etishi mumkin. Parij klubi futbolchi uchun yiliga 12 million evro maosh belgilangan 5 yillik shartnoma taklif qilishga ham ulgurdi. Voqealar rivoji shu kunlarda aniq bo'lishi kutilmoqda.

«Real Madrid» Kazemiroga shartnoma tayyorlamoqda

«Mundo Deportivo» nashri tarqatgan xabarlaga qaraganda, transfer oynasi yopilgach, «Real Madrid» markaziy yarim himoyachicb Kazemiro bilan shartnoman uzaytirmoqchi.

Zidan va rahbriyat futbolchining o'yinidan mamnun ekanligini va futbolchi bilan uzoq yillik shartnoma tuzishga tayyorgarlik boshlanganligi borasida rasmiy bayonot bilan chidi.

Braziliyalik futbolchining klub tuzgan shartnomasi 2021-yilda o'z yakuniga etadi. «Real Madrid» o'z o'yinchisiga 3 yillik shartnoma taklig qilishi kutilmoqda.

Perishich Myunhenda

Myunhenning «Bavariya» jamoasi Xorvatiya terma jamoasi etakchsi Perishichni o'z safiga qo'shib olishga juda yaqin turibdi.

Futbolchi kecha «Inter»ning o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yubordi va Myunhenga uchib ketdi. Agarda shaxsiy shartnoma borasida kelishuv amalga oshsa, Perishich tibiiy ko'rikdan o'tadi.«Bavariya» futbolchini 20 million evro to'lab sotib olish sharti bilan 5 millon evro evaziga ijaraga olmoqchi. «Inter» xorvatiyalik futbolchidan iloji boricha tezroq qutulishni niyat qilmoqda. Gap shundaki, klubning yangi ustozi Antonio Konte Perishni o'z rejalarida yo'q ekanligi haqida bir necha bor rasman e'lon qildi.

«Yuventus» o'z uslubida

Turinning «Yuventus» jamoasi o'z uslibida futbolchilarni tarkibga qo'shi olishda davom etmoqda.

Shu kunlarda «Real Madrid» jamoasining nishonida turgan Kristian Erikson keyingi mavsumda «Yuve» futbolchisiga aylanishi mumkin. Gap shundaki, «keksa seniora» Eriksonni erkin agent sifatida qo'lga kiritishni rejalashtirmoqda va daniyalik futbolchi bilan shartnoma borasida ilk muzokaralarni o'tkazgan.

Agarda futbolchi yanvar oyiga qadar «Tottenhem» bilan shartnomasini uzaytirmasa, Turin jamoasi bilan kelishib olishga haqli. «Tottenhem» Eriksonni klubda eng katta maosh oluvchi futbolchiga aylantirishga urunayotgan bo'lsada, futbolchi katta ehtimol bilan qishda boshqa klub safiga o'tishga rozilik bildiradi.

Shuningdek, futbolchini erkin agent sifatida «Atletiko Madrid» va «PSJ» jamoalari ham o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar
1 2 >>
Umumiy: 25
Reklama va takliflar uchun telegram: @jasofficial