logotip
KirishRo‘yhatdan o‘tish
Messi Neymarga qo'ng'iroq qildi va "Real"ga o'tmasligi so'radi
13 AVG, 19:17 / KO'RILDI: 457

"Barselona" sardori Lionel Messi "PSJ" hujumchisi Neymarga qo'ng'iroq qildi va kelajagi borasida gaplashib oldi, bu haqida Marca nashri xabar berib o'tadi.

Yuqoridagi nashr xabariga ko'ra Messi sobiq jamoadoshiga "Real"ga o'tmasligini so'radi. Argentinalik "Real" taklifini rad etib, Kataloniyaga qaytishini iltimos qildi.

Hammaga ayon Messi va Neymar qalin do'st. Braziliyalik har doim Messi haqida yaxshi fikrlar bildiradi, Messi ham o'z navbatida Neymarni Kataloniyaga qaytishini istaydi. Hattoki ba'zi manbalarda Messi yangi shartnoma imzolashi uchun rahbariyatdan Neymarni qaytarishni talab qilgan.
Ma'lumot uchun, Parijda "PSJ" do'konlarida Neymar ismi yozilgan futbolkalar sotuv rastalaridan olib tashlandi va butkul Neymar liboslari sotish to'xtatildi.

Yangilik rasmi

Fikrlar
Umumiy: 16
Reklama va takliflar uchun telegram: @jasofficial