logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Futbol olamidagi eng qiziqarli yangiliklar
Liverpool FC Fans Uzbekistan
3-5-2 sxemasining plyus va minuslari
13 AVG, 21:07 / O'QILDI: 580

Zinedin Zidan mavsumoldi tayyorgarliklar jarayonida 3-5-2 taktikasini eksperement tarzda sinab ko'rdi.

Yangilik rasmi



Markaziy himoyachilarning yetishmasligi.

Yangi sxemada markaziy himoyachilar borasida muammoga duch kelinadi. Markazda 3 nafar markaziy himoyachi harakat qilmoqda, bizda esa 4 nafar Serhio Ramos, Rafael Varan, Nacho va Eder Militaolar bor. Agarda bu futbolchilarning birortasi jarohat olsa yoki diskvalifikatsiya qilinsa markazda himoyachi yetishmasligi mumkin.

Yangilik rasmi



Neymar va Azar bir pozitsiya o'ynay olmasligi.

Agarda Neymar "Real" bilan shartnoma imzolasa, Eden Azar boshqa pozitsiyada o'ynashi mumkin. "Chelsi"da Azar markaziy hujumda o'ynaganini guvohi bo'lgan edik, ammo bu pozitsiyada bizda o'zgartirib bo'lmas Benzema mavjud.
Rodrigo va Vinisius o'z joyini yo'qatadi.
Agarda Azar va Neymar yangi sistemada harakat qilsa, qolgan ikkita braziliyaliklar uchun asosiy tarkibda joy yetmasligi mumkin.

Yangilik rasmi



O'tkazib yuborilgan gollarning ortishi.

3 ta markaziy himoyachi bilan o'ynashimizga qaramasdan jamoa ko'plab gollarni o'z darvozasidan olib chiqdi. Biroq, 3-5-2 sxemasidan foydalanish xavfiga qaramay, bir qator afzalliklar mavjud.
Marseloga qulayliklar
3 ta markaziy himoyachi bilan o'ynalsa Marseloga bo'sh zonalar ko'p bo'ladi va ancha erkin harakat qiladi. "Roma" ga qarshi o'yinda gol va assistentlik bilan braziliyaliklarning hujum salohiyati kuchaygani isbotlandi.

Yangilik rasmi



Azarning harakatlar erkinligi.

Zidanning muammolaridan biri Eden Azarning iste'dodidan maksimal darajada foydalanish va buning eng yaxshi usuli unga hujum qilish erkinligini berishdir. Hozircha, ushbu sxema bo'yicha o'ynashda, belgiyalik to'pni ko'proq o'zida ushlashi va bu orqali u darvoza chizig'i oldida golli vaziyat yaratishiga olib keladi.

Yangilik rasmi

Fikrlar
Umumiy: 12