logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
26 YANVAR, 21:58 / O'QILDI: 1261

«Real» futbolchilari Serxio Ramos va Isko jarohat olishdi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar tarqatdi. Futbolchilar turli darajadagi jarohatlar tufayli 1-2 hafta davomida maydonga tusha olishmaydi.

Har ikkala futbolchi «Leganes»ga qarshi Ispaniya kubogi bahsida ishtirok etishdi va ular "Real"ning bugungi mashg‘ulotida qatnashishdi. Ammo o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng Ramosning chap oyog‘i to‘piq qismida jarohat borligini aniqlangan bo‘lsa, Isko chap oyog‘ining son qismidan lat yegani aniq bo‘ldi. Jamoa sardori to‘liq tiklanishi uchun 2 hafta kerak bo‘lsa, Isko kelasi haftada maydonga qaytishi mumkin.

Shu tariqa, "Madrid"ning ikki yetakchisi «Mestalya» stadionida bo‘ladigan «Valensiya»ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olishmaydi. Ramos esa La liganing 22-turi doirasida «Levante»ga qarshi 3 fevralga belgilangan bahsni ham o‘tkazib yuboradi. Uning tiklanish jarayoni me’yorida kechsa, Serxio "PSJ"ga qarshi Yevropa chempionlar ligasi o‘yinida ishtirok eta oladi.

Manba: realmadrid.ru
BILDIRILGAN FIKRLAR

© 2017-2020 Uzmadrid.net, All rights reserved. Saytdagi reklama materiallari faqat tanishib chiqish uchun berilgan. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.