logotip
KirishRo‘yhatdan o‘tish
REKLAMA
» Tezkor futbol yangiliklari
» FUTBOL TV dasturlari
Ramos: “Beyl bo’sh vaqtida nimani lozim topsa, shuni qiladi”
10 SEN, 20:49 / KO'RILDI: 233

“Real” sardori Serxio Ramos jamoadagi sherigi uelslik hujumchi Garet Beyl haqidagi fikrlari bilan bo’lishdi.

“Men Beylni yuqori darajadagi futbolchi deb hisoblayman. U har doim klub uchun muhim o’yinchi bo’lgan. U haqidagi ko’p narsalarni matbuotdan bilib olishingiz mumkin. Ba’zi ma’lumlotlar to’g’ri, ba’zilari esa yo’q. Biz shunday dunyoda yashayapmiz, lekin biz barchadan ustun bo’lishga harakat qilmaymiz.

Garet bo’sh vaqtida nimani lozim deb topsa, shuni qiladi. Uning golf o’ynashga ishtiyoqi bormi? Har bir futbolchi bo’sh paytini nimalar bilan o’tkazishini hurmat qilish va hatto uni muhokama qilmaslik kerak.

Shubhasiz professional futbolchilar jamoadan har doim qarzdorlikni his qilib, maksimal darajada halol ishlashga harakat qilishadi. Shundan so’ng, har bir inson uyiga vijdoni pok yoki yo’q bo’lib borishi mumkin”, - deya Ramosning so’zlaridan iqtibos keltiradi Daily Mail nashri.

.

Fikrlar
Umumiy: 3
Reklama va takliflar uchun telegram: @jasofficial