logotip
KirishRo'yxatdan o'tish
REKLAMA
Har kuni eng sara va dolzarb futbol yangiliklari
YANGILIK TASMASI
7 OKTYABR, 16:30 / O'QILDI: 574

.



Alfons Areolaning "Real Madrid" libosida uchinchi o'yinida "Granada"ga qarshi (4:2) maydonga tushdi.

Fransiyalik darvozabon boshlang'ich tarkibda ikkinchi marta maydonga tushdi, u "Granada"ga qarshi uchrashuvda jamoa darvozasi daxilsizligini saqlay oldi, hech bo'lmaganda 69-daqiqaga qadar. O'ziga haddan tashqar ishonib yuborgan Areola xatoga yo'l qo'ydi va Karlos Fernandesga nisbatan qoidabuzarlik qildi. Hakam esa ikkilanmasdan "Real Madrid" darvozasi tomon penalti belgiladi. Areola esa qaysidir manoda to'p yo’nalishini topdi, biroq "Granada" hujumchisining zarbasi gol bilan yakunlandi.

Bu uning "Real Madrid" darvozasidan o'tkazib yuborgan birinchi goli edi. 200 daqiqalik quruq o'yin ko'rsatib gol kiritishga imkon bermasdan kelayotgan Alfons Areola, qo'pol xatoga yo'l qo'yib, o'zi tufayli belgilangan penaltidan gol o'tkazib yubordi.

Ushbu xato "Real Madrid" futbolchilarni asabiylik bilan o'ynashiga olib keldi va natijada o'zlarini bosim ostida his qila boshladilar.

Ammo Areolaning xatosidan tashqari, u "Real Madrid" safidagi 225 daqiqalik quruq o'yini bilan qanday darvozabon ekanligini ko'rsatdi va shuni takidlashimiz lozimki, u xatoga qadar yaxshi o'ynayotgan edi.

Alfons Areola "Pari Sen-Jermen"ni tark etishidan oldin to'rt marta maydonga tushgan edi va 360 daqiqada u atigi ikki marta yutqazgan, ya'ni 584 daqiqada atigi beshta gol o'tkazib yuborgandi, bu ko'rsatkich o'rtacha har 116 daqiqada bitta gol urildi.

Xalqaro tanaffus vaqtida u Shanba kuni Ugo Llorisning jarohati tufayli Fransiya darvozasini himoya qilishi mumkin.

Dide Deshamzning so'zlariga ko'ra, Areola yaxshi o'ynashi kerak va u "Real Madrid" safida so'nggi to'rtta o'yinining uchtasida o'ynagan.
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 11

© 2017-2020 Uzmadrid.net, All rights reserved. Saytdagi reklama materiallari faqat tanishib chiqish uchun berilgan. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.