logotip
КиришРўйхатдан ўтишФутбол янгиликлари
REKLAMA
Maydon.ru - Futbolga oid so'ngi yangiliklar
LIVERPUL.NET - Liverpool F.C. Uzbekistan
Keyrush: “Xamesni chaqirmaslik mening qarorim”
9 OKT, 17:15 / KO'RILDI: 194

Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush "Real" azosi Xames Rodriges haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Oldin tarqalgan malumotlarga ko'ra, madridliklar vakili terma jamoa vakillaridan "Real" asosiy tarkibi uchun kurashishi lozimligi sabab o'zini terma jamoaga chaqirmasliklarini so'ragani aytilgan edi.

"Ayrimlar Xames mendan o'zini terma jamoaga chaqirmasligimni so'raganini aytishmoqda. Bu noto'g'ri. O'yinchilar qachondir mendan o'zini terma jamoaga chaqirmaslikni so'rashi bilan bog'liq vaziyat men bilan hech qachon sodir bo'lmagan.

Bu mening qarorim. Biz chaqirgan o'yinchilar qisqa muddatli vazifamizni uddalash uchun etarli. Hozir bizda 15-16 o'yinchidan iborat baza bor.

Men avval chuqur o'ylab ko'raman va keyin qarorlarni qabul qilaman. Bundan tashqari, men bu erda yolg'iz emasman. Men murabbiylar shtabi bilan maslahatlashaman. Men hech qachon yordamchilarim, o'yinchilar va jamoa shifokorlari bilan gaplashishdan charchamayman",
- dedi Keyrush.

.

Fikrlar
Umumiy: 2
Real Madrid yangiliklar kanali!