logotip
КиришРўйхатдан ўтишФутбол янгиликлари
REKLAMA
Maydon.ru - Futbolga oid so'ngi yangiliklar
LIVERPUL.NET - Liverpool F.C. Uzbekistan
Bugun 17:00. O’zbekiston - Yaman
10 OKT, 12:00 / KO'RILDI: 132

Bugun, 10 oktyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi ikkinchi o'yinni o'tkazadi.
Vakillarimizga Yaman terma jamoasi raqiblik qiladi. Uchrashuv soat 17:00da Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

HAKAM
Mazkur o'yinni suriyalik Hanna Hattab boshqarib boradi. Malumot uchun, Hattab 1989 yilda tug'ilgan.


O'ZBEKISTON – YAMAN
10 oktyabr | "Paxtakor" stadioni | Soat 17:00
Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya)
Yordamchi hakamlar: Muhammad Kazzaz (Suriya), Ayman Fayzal Hamze Obeidat (Iordaniya).
Zaxira hakami: Ahmad Alali (Quvayt)
Nazoratchi: Jassim Muhammad Al Hail (Qatar)
Komissar: Mei CHiat Si (Malayziya).

O'ZARO O'YINLAR
Dastlabki ikki bahs JCH-1998 saralashi doirasida, keyingi ikki o'yin esa JCH-2018 saralashi doirasida o'tkazilgan.


Yaman - O'zbekiston 0:1
Gol: No'mon Hasanov 30 penalti

O'zbekiston - Yaman 5:1
Gollar: Igor SHkvirin 6, 68, Oleg SHackix 61, 80, Ravshan Bozorov 67 - Omar Al Ariki 31.

O'zbekiston - Yaman 1:0
Gol: Aleksandr Geynrix 51, - 1:0.

Yaman - O'zbekiston 1:3
Gollar: Al Sarori 90+2 - Azizbek Haydarov 7, Server Jeparov 31, Stanislav Andreev 50.


Demak, O'zbekiston va Yaman o'rtasidagi to'qnashuvlarda vakillarimizning natijalari ajoyib: 4ta o'yin 4ta g'alaba, to'plar nisbati - 10:2. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Yaman uchrashuvi 10 oktyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

CHIPTALAR
CHiptalar oldi-sotdisi jarayonini tartibga solish, chiptalarning olib-sotarlar qo'lida qaytadan sotilishining oldini olish, qolaversa muxlislar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratish, bu orqali esa chiptalarning shaffof savdosini taminlash maqsadida O'zbekiston futbol associaciyasi iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi. Natijada iticket.uz milliy terma jamoa o'yini chiptalari savdosini to'liq hajmda amalga oshiradi.
Endilikda ishqibozlar vaqtlarini ketkazmay, stadion kassalarida uzundan-uzun navbatlarda turmasdan, uydan chiqmagan holda ham elektron shaklda chiptalar harid qilish imkoniga ega bo'lishadi.
Ayni paytda muxlislar O'zbekiston – Yaman uchrashuvi chiptalarini iticket.uz saytida, shuningdek, “Humo Arena”, “Samarqand Darvoza” hamda “Compass” savdo majmualarida ham harid qilishlari mumkin.

CHiptalar 3 ta toifada chiqarilgan:
1-toifa – 35 000 so'm;
2-toifa – 25 000 so'm;
CIP – 75 000 so'm.

O'YINDAN OLDIN

Kecha ikki jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumanlari bo'lib o'tdi.

.

Fikrlar
Umumiy: 11
Real Madrid yangiliklar kanali!