logotip
KirishRo'yxatdan o'tishFootbal News
REKLAMA
Futbol olamidagi eng qiziqarli yangiliklar
Liverpool FC Fans Uzbekistan
​​"Real" 6:0 "Galatsaroy" o'yini haqida batafsil gapiramiz
7 NOY, 17:37 / O'QILDI: 223

"Betis"ga qarshi o'yindagi durrangdan so'ng, Zidan yana boshlang'ich tarkibda o'zgarish qilishi kutilgandi va shunday ham bo'ldi. Los Blankos "Galatasaroy"ni 6:0 hisobida tor-mor etdi va nimchorak finalga chiqish imkoniyatlarini yanada oshirib olishdi. Bunda 18-yoshli brazilyalik Rodrigoning hissasi katta bo'ldi. Haqiqatan ham, futbol olamida bo'lajak yulduz tug'ildimi?

Zidan endilikda o'zining 11 talik boshlang'ich tarkibini topib olganga o'xshaydi. Kazemiro, Valverde va Kroos birgalikda maydon markazini boshqarishadi. Rodrigo esa Eden Azar bilan qanotlarda vinger vazifasini bajarishadi va Benzemani hujumni yakunlovchi futbolchiga aylantirishadi. Shunday qilib, qaymoqranglilar "Galatasaroy"ni deyarli 15 daqiqada 3 ta gol bilan mag'lub etib bo'lishgandi.

O'yinning eng yaxshi futbolchisi Rodrigo Goez bo'ldi. Ayni damda bu futbolchini Vinisiusdan kuchliroq deyish biroz adolatsizlik bo'lar, biroq o'yindan o'yinga bu ko'zga tashlanib bormoqda. Rodrigo daslabki daqiqalarda ajoyib to'p to'xtatish, aldab o'tish va chap oyoqdagi aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. 4 daqiqa o'tar-o'tmas Marseloning qulay uzatmasidan so'ng, bosh bilan gol urdi va dubl qayd etdi. Shu bilan birga, unda Chempionlar Ligasi tarixida eng tez xet-trik qilgan futbolchi bo'lish imkoniyati bor edi, ammo 15-daqiqada penalti tepish ma'suliyati jamoamiz sardori Serxio Ramos o'z zimmasiga oldi va panenka uslubida 3-golni turklar darvozasiga joylab qo'ydi.

Qo'shimcha sifatida, 1-bo'lim yakuni arafasida Rodrigoning aniq pasidan so'ng, Benzema deyarli bo'sh darvozaga gol kiritdi. 2-bo'limda Mendi, Modrich va Iskoni maydonga tushirildi. Biroq Galaktikos o'yin tizginini qo'lida ushlab turdi. O'yin yakuniga 10 daqiqa qolganida Karvaxal qanotdan yorib kirib Benzemaga pass berdi va fransuz yana bo'sh qolgan darvozaga to'pni to'g'irlab qo'ydi. Shu tarzda Benzema 2 golidan so'ng, Chempionlar Ligasida bir klub safidagi gollar sonini 50 taga yetkazib oldi va turnir tarixida ketma-ket 15 mavsumda gol kiritgan 2-futbolchiga aylandi. O'yinning so'nggi soniyalarida Rodrigo yana katta sahnaga chiqdi. Bemzemaning himoyachilar orasidan uzatgan pasidan keyin Goez bir teginish bilan Muslerani ojiz qoldirdi.

Rodrigo Los Blankos safida porladi. Bu o'yinni usiz tasavvur qilishning iloji yo'q. Bundan tashqari, Kazemiro va Valverde birgalikda maydon markazini nazorat qilishgan bo'lishsa, Kroos hujumda vaziyatlar yaratish bilan band bo'ldi.

Hozirda madridliklar keyingi bosqich chiptasini deyarli naqd qilib qo'ydi. Ammo hali oldinda o'z uyida "PSJ" va mehmonda "Bryugge"ga qarshi 2 muhim uchrashuv kutib turibdi.

Biz esa jamoamizni qo'llab-quvvatlashda davom etamiz va bunday o'yinlar bardavom bo'lishiga umid qilamiz!

.

Fikrlar
Umumiy: 5
Bog'lanish